"Dinamo"ni Superligaga olib chiqqan xorijlik murabbiy lavozimidan ozod etildi. Samarqandliklar bir qator mutaxassislar bilan muzokara o‘tkazmoqda
2021 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, «Dinamo» jamoasi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
«Dinamo» PFK bilan tuzilgan bir yillik shartnomasi yakuniga etgach, jamoa bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov klub bilan xayrlashdi.
Tojikistonlik tajribali mutaxassis qo‘l ostida «Dinamo» jamoasi 2021 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Pro ligadan Superligaga yo‘llanma oldi.
«Dinamo» PFK rahbariyati ayni damda bir qator mutaxasssislar bilan muzokara olib bormoqda. Yangi bosh murabbiy masalasida kelishuvga erishilsa, klub rasmiy saytida e’lon qilinadi.

Fikrlar