
"Dinamo"ning imkoniyati qolmadimi? - Tachmurod Agamurodovdan javob
“So‘g‘diyona” – “Dinamo” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Tachmurod Agamurodov o‘yin borasida fikr bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Jamoamizning o‘yinidan aslo qoniqmadim. Maydonda hech bir harakatimiz natijali bo‘lgani yo‘q. Jamoa ketma-ket mag‘lubiyatlar sababli kuchli bosimdan qutila olmayapti. Omadsizliklar jamoa ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi aniq. Shu bois maydonda ham yigitlar o‘zlarini ko‘rsata olishmayaptgan bo‘lishlari mumkin. Birinchi bo‘limda durang qayd etilgan bo‘lsa-da, ikki taymda ham o‘yinimizning darajasidan umuman qoniqmadim. Jamoaning ligada tushib ketish xavfi ostida ekanligi bosim ostida qoldirmoqda. Qolaversa, “Dinamo”da tajriba etishmayotgani ko‘rinib turibdi. Raqib jamoani g‘alaba bilan tabriklayman. “So‘g‘diyona” bejizga 3-o‘rin uchun kurashmayotganligini ko‘rsatdi.
Imkoniyat qoldimi? Ha, imkoniyat so‘nggi turlargacha bo‘ladi. Ammo biz kurashib, ochkolarni olishimiz shart. Uchta tur qoldi, oxirigacha kurashamiz, - dedi Tachmurod Shamakovich.
Fikrlar