
Diyor Imomxo‘jaev agar klublar bitta talabni bajarmasa legionerlar bilan shartnoma tuza olmasligini bildirdi
Endi kamida ikki yulduzli akademiyasi bo‘lmagan klub legionerlar bilan shartnoma imzolay olmaydi. Bu haqda PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.
- Klublar qoshidagi futbol maktablari va akademiyalarini 5 xil ko‘rinishda tavsiflab beruvchi reglament tez orada tayyor bo‘ladi. Rejamizga ko‘ra, kamida ikki yulduzli akademiya talablariga javob bera olmaydigan futbol klublariga 2021 yildan boshlab, legioner futbolchilar bilan shartnoma imzolashga ruxsat etilmaydi, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.
Fikrlar