Diyor Imomxo‘jaev: "Nasaf" "Ayaks"ning bizdagi soyasiga o‘xshaydi. Uning kichik muvaffaqiyatlari boshqa klubning katta g‘alabasidan fayzliroq ko‘rinadi
OFK Kubogida "Nasaf" ajoyib o‘yinlar namoyish etib, muxlislarga g‘alabalar taqdim etmoqda. Qarshiliklar guruhdagi ikki uchrashuvda 6 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
E’tiborlisi, Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari o‘tkazilgan bellashuvlarda 7 bor gol urib, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diryo Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida xalqaro maydondagi o‘yinlari bilan ko‘pchilikni mamnun etayotgan "Nasaf" borasida fikr bildirdi.
- Ro‘ziqul Berdiev hech kim tanimaydigan maktab o‘quvchilaridan har qanday raqibga tik qaraydigan bitta jamoa yasay oladi. "Nasaf" "Ayaks"ning bizdagi soyasiga o‘xshaydi. Shuning uchun ham ba’zida uning kichik muvaffaqiyatlari boshqa klubning katta g‘alabasidan fayzliroq ko‘rinadi, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar