
Diyor Imomxo‘jaev: Yaqindagina "Santyago Bernabeu"dagi uchrashuvlarni havas bilan televizorda tomosha qiladigan yigitda, endilikda shu maydonda o‘ynash imkoniyati bor
Jasur Yaxshiboev harakat qilayotgan "Sherif" bugun Evropa Chempionlar ligasi 2-turi doirasida "Real" bilan kuch sinashadi. Bellashuv "Santyago Bernabeu" stadionida o‘tkaziladi.
PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida ushbu o‘yin Yaxshiboev uchun ahamiyatli ekanligi haqida gapirdi.
- Bugun Jasur Yaxshiboev uchun tarixiy kun bo‘lishi mumkin. U to‘p surayotgan "Sherif" Chempionlar ligasi doirasida Madridda "Real" mehmoni bo‘ladi. Yaqindagina "Santyago Bernabeu"dagi uchrashuvlarni havas bilan televizorda tomosha qiladigan yigitda, endilikda shu maydonda o‘ynash imkoniyati bor.
"Sherif" ilk turda "Shaxtyor"ni qabul qilib, 2:0 hisobida ustun kelgandi. "Real" esa "Inter" maydonida minimal hisobda zafar quchgan. Bugungi uchrashuv qanday natija bilan yakun topishidan qat’iy nazar, Yaxshiboevning "qirollik klubi"ga qarshi harakatlari muhim ahamiyat kasb etadi, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.
Fikrlar