Diyor Turopov: "Va’da berishga shoshilmaylik"

  • 5 yanvar, 2024, 22:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqindagina “Neftchi” bilan shartnoma muddatini uzaytirgan Diyor Turopov klub matbuot xizmati uchun kichik intervyu berdi.

- O‘tgan mavsum haqida nima deya olasiz?

- Qiziqarli mavsum bo‘ldi. Farg‘ona ahli "Neftchi"ning shonli o‘yinlaridan olgan zavq-quvonchni o‘tgan mavsumdagi "Neftchi" bellashuvlaridan bir lahza bo‘lsa ham o‘sha onlarni muxlislar yodiga soldi, deb o‘ylayman.

- Jamoamiz bilan kelasi mavsumda ham birgasiz?  Jamoada qolishingiz uchun eng asosiy uchta sababni aytib bersangiz?

1- Muxlislar

2- Kollektiv

3- Sovrinli o‘rinlar uchun yana bir bor urinib ko‘rish.

turopov3

- Muxlislarga keyingi mavsum oldidan Turopov nima va’da bera oladi?

- Va’da berishga shoshilmaylik. Biz aytganlarimiz bo‘lib qolganda unda hammasi boshqacha bo‘lar edi. Allohning aytgani bo‘ladi, bizdan esa yaxshi niyat va harakat.

- O‘tgan mavsumda jamoamizga medallar uchun kurashda nima etishmadi deb o‘ylaysiz?

- Fikrimcha, barqarorlik va oxirgi nuqtani qo‘yish etishmadi. Yangi mavsumda o‘ylaymanki, murabbiylar rejasi asosida maqsad sari intilamiz, muxlislar esa oldingidey  bizni oxirigacha qo‘llab-quvvatlashini xohlardim. Biz har qanday raqibga bosh og‘rig‘i bo‘la olamiz va ularning uyqusiz tunlarida bizning ham hissamiz bo‘ladi, degan umiddaman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Махмуд1966
06/01/2024 07:47
Баракалла! Зур гапириб куйибди!
&
+79152058767
05/01/2024 22:59
Ким олган бу интрвюни на узбек тилида на рус тилида саводсизлик хам роса урнига чикибди