Diyor Xolmatov: "Raqibni o‘rganib chiqdik va shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik"
Bugun Oʻzbekiston Superligasi 18-turidan oʻrin olgan "Navbahor" – "Nasaf" bahsi boʻlib oʻtadi. Bellshuv oldidan "lochinlar"ning 24 yoshli yarim himoyachisi Diyor Xolmatov klub matbuot xizmatiga fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
"Boʻlajak uchrashuvda chiroyli oʻyin namoyish etib, gʻalabali seriyamizni davom ettirgan holda, muxlislar va bizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimiga quvonch ulashish niyatidamiz hamda buni amalga oshirish uchun qoʻlimizdan kelganicha harakat qilamiz.
Bu safargi raqibimiz – “Nasaf” kuchli jamoa va tarkibida mahoratli futbolchilar bor. Biz raqibni oʻrganib chiqdik va shunga yarasha tayyorgarlik koʻrdik. Xudo xohlasa, qarshiliklarni magʻlubiyatga uchratib, jamoamiz ishqibozlarini xursand qilamiz, - dedi Xolmatov.

Fikrlar