Diyora Keldiyorova finalda, Lutfillaev uchinchi o‘rin uchun bahs olib boradi
BAAning Fujayra shahrida dzyudo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining birinchi kun doirasida saralash bahslari ortda qoldi. Quvonarlisi, kechki dasturda 2 nafar dzyudochimiz yuqori probali medallar uchun kurash olib borishadi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.
-52 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Diyora Keldiyorova Avstraliya, Janubiy Koreya, KXDR vakilalarini mag‘lub etib finalga etib keldi. Hamyurtimiz oltin medal uchun mo‘g‘ilistonlik Sosorbaram Lxagvasuren bilan kurashadi.
-60 kilogramm vazn toifasida Sharofiddin Lutfillaev yarim finalda imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, shohsupaga ko‘tarilish imkoniyatini saqlab qoldi. Vakilimiz bronza medali uchun kechadigan bahsda qozog‘istonlik Gusman Kirgizbaevga qarshi tatamiga chiqadi.

Fikrlar