Doku: "Biz “Arsenal” yoki boshqa jamoalarga qarab ish tutmaymiz"
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Jeremi Doku o‘yinlarda g‘alaba qozonish uchun faqat jamoaning o‘zi ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini va raqiblarga qarab ish tutmaslik kerakligini ta’kidladi.
"Biz o‘z ustida ishlayapmiz va yanada kuchliroq bo‘lishimiz mumkin. Biz “Arsenal” yoki boshqa jamoalarga qarab ish tutmaymiz, chunki oxir-oqibat hammasi bizga bog‘liq ekanini bilamiz. Agar yaxshi o‘ynasak, “Siti”ga qarshi o‘ynash juda qiyin bo‘ladi", — dedi 23 yoshli belgiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Xosep Gvardiola shogirdlari APL turnir jadvalida 22 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. So‘nggi turda klub “Liverpul”ni 3:0 hisobi bilan mag‘lub etdi. “Shaharliklar” navbatdagi o‘yinini 22 noyabr kuni safarda “Nyukasl”ga qarshi o‘tkazadi.



Fikrlar