
Dominik Tim finalga yo‘l oldi
Avstriyalik tennischi Dominik Tim Vena shahrida o‘tayotgan musobaqaning yarim finalida italiyalik Matteo Berrettini bilan kuch sinashdi.
Dominik mazkur uchrashuvda Matteo bilan uch set davomida o‘zaro raqobatlashdi. Unda Tim raqibini 3:6, 7:5, 6:3 hisobida taslim etdi.
Shu tariqa "Erste Bank Open"ning final bosqichiga chiqqan Tim, endi argentinalik Diego Shvartsman, yoki frantsiyalik Gael Monfis bilan kuch sinashadi.
Fikrlar