
Donald Serrone MakGregor bilan jangi uchun qancha olgandi
Engil vazn(70,3 kg) toifasida UFC chempioni unvoniga sobiq davogar, amerikalik Donald Serrone promoushenning asosiy yulduzi va ikki divizionda sobiq chempion, irlandiyalik Konor MakGregor bilan jangi haqida gapirdi.
“Menga 1,3 million tomoshabin tashrif buyurgan turnirning asosiy to‘qnashuvida, Konor MakGregorga qarshi jangim uchun bor-yo‘g‘i 200 ming dollar to‘lashgan edi”, – dedi Serrone Inside Boxing Live podkastida.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning yanvar oyida AQSh ning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan "UFC 246" turnirida Serrone(36-17-2 N/C) birinchi raunddayoq MakGregor(22-6)ga texnik nokaut bilan yutqazgan edi.
Bahodir Tillaboev qirg‘izistonlik mag‘lub bo‘lmagan jangchiga qarshi oktagonga ko‘tariladi
Pankration bo‘yicha Osiyo chempionati Toshkentda o‘tkaziladi!
Rayan Garsiya UFC chempioni bilan jang qilmoqchi!
Jon Jons Joshua va Ngannu jangida kim g‘alaba qozonishini aytdi
Mashhur promouter Tszyu va Turman jangida yaqqol favorit kimligini aytdi
Ortega chempion bilan jang o‘tkazishga tayyor
Fikrlar