Donnarumma 10 mln evro maosh olishni xohlayapti, "Milan" esa ...
“Milan” klubi rahbariyati hali ham darvozabon Janluiji Donnarumma bilan amaldagi shartnomani uzaytirgani yo‘q.
“Rossonerilar” futbolchining agenti Mino Rayola bilan 3 tomonlama muzokara o‘tkazmoqda. Corriere della Sera nashrining ma’lum qilishicha, Donnarumma yiliga 10 mln evro maosh olmoqchi, “Milan” 7 mln evro va yana qo‘shimcha bonuslar taklif qilmoqda.
Bundan tashqari, tomonlar 21 yoshli posbonning tovon puli borasida ham kelisha olmayapti. Klub 40 million evro xohlamoqda, agent esa 30 million. Qolaversa, “Milan” Donnarumma bilan 4 yillik shartnoma imzolamoqchi, Janluiji nisbatan kamroq muddatdi bitim so‘rayapti.
Donnarumma joriy mavsum Italiya A Seriyasida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 20 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning klub bilan amaldagi shartnmoasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.



Fikrlar