
Donnarumma Evropaning ikki grand klubidan super taklif oldi
“Milan” darvozaboni Janluiji Donnarumma faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta variantga ega.
SportMediaset nashrining yozishicha, 21 yoshli italiyalik posbonga Evropaning ikki grand klubi – “Chelsi” va PSJdan super takliflar bo‘lmoqda. Ushbu jamoalar yozda erkin agentga aylanadigan darvozabon uchun yiliga 12-14 mln evro maosh taklif qilmoqda. Taqqoslash uchun, Donnarumma ayni damda “Milan”da yiliga 6 mln evro maosh oladi.
Janluiji Donnarumma joriy mavsum Italiya A Seriyasining 14 ta bahsida maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 13 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar