
Donnarumma rozi bo‘ldi!
"Milan" klubi va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma yozgi transferlar davrida "Yuventus"ga o‘tadi.
Calciomercato nashrining ma’lum qilishicha, 22 yoshli posbon turinliklar bilan shaxsiy kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, Donnarumma “Yuve”dan yiliga 9,5 million evro maosh oladi.
Janluiji “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanayotgani sabab “keksa sinora” safiga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tadi. Ammo futbolchining agenti Mino Rayola “Yuventus”dan 20 million evro xizmat haqi oladi.
Donnarumma "Milan" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 41 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 49 ta gol o‘tkazib yubordi. U 2016 yildan buyon Italiya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.
Fikrlar