"Do‘stlik" 3 ta o‘yinda 3 ta g‘alaba qozonib, Tojikistondagi yig‘inini yakunladi

  • 22 iyul, 2024, 23:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liga vakili “Do‘stlik” jamoasi Tojikistondagi yig‘ini doirasida oxirgi o‘rtoqlik uchrashuvini “Istaravshan”ga qarshi o‘tkazib, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.

“Do‘stlik”dan gollarni Abdulaziz Rahimov (xet-trik), Abduvohid Yashinov (dubl) va Javohir Alijonov kiritdilar.

Shu tariqa, “Do‘stlik” jamoasining u erdagi yig‘ini yakunlandi.

O‘quv-yig‘in doirasidagi natijalar:

3 o‘yin, 3 g‘alaba. 12 ta gol urilgan va 5 ta gol o‘tkazilgan.

Yig‘in doirasidagi to‘purarlar:

Abdulaziz Rahimov - 4 gol

Ma’ruf Jumaev - 2 gol

Abduvohid Yashinov - 2 gol

Sardor Asatillaev - 1 gol

Sardor Xursandov - 1 gol

Javohir Alijonov - 1 gol

Timur Usmanov - 1 gol

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!