
Dostonbek Hamdamovning "Al Nassr"dagi debyuti Aziz G‘aniev jamoasiga qarshi o‘yinga to‘g‘ri keldi. Derbida mezbonlar uston
BAA Pro-Ligasining 13-turida «Shabab Al-Ahli» va «Al-Nassr» jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.
Bir necha kun avval, "Al-Nassr" tarkibiga borib qo‘shilgan Dostonbek Hamdamov debyutidayoq hamyurti Aziz G‘anievga qarshi maydonga tushdi.
Dubay derbisida «Shabab Al-Ahli» zafar quchdi. Ikkinchi bo‘limda Yahyo Al-G‘assoniyning yagona goli o‘yin taqdirini hal qildi.
Mazkur uchrashuvda Dostonbek Hamdamov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 80-daqiqada almashtirildi. Aziz G‘aniev esa to‘liq harakat qildi.
G‘alabadan so‘ng «Shabab Al-Ahli» 19 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi. «Al-Nassr» esa 3-pog‘onada qoldi.
BAA Pro-Ligasi, 13-tur
«Shabab Al-Ahli» — «Al-Nassr» 1:0
Gol: Yahyo Al-G‘assoniy 50
Fikrlar