
Dragan Cheranga oid ma’lumot
"Paxtakor"ning serbiyalik legioneri joriy yilda turli musobaqalarda 19 gol muallifiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Paxtakor" 2021 yil 37 bellashuvda 62 to‘p kiritdi. Shulardan 60tasi "sherlar" vakillari hisobiga yozilgan bo‘lsa, ikki golni raqib o‘yinchilari o‘z darvozasiga kiritib qo‘ygan. 60 golni jami 15 futbolchi urgan.
Cheran 16 golini Superligada, 2 to‘pini Chempionlar Ligasida va bir to‘pni O‘zbekiston Superkubogida kiritgan. Sherzod Temirov va Hojimat Erkinov hisobida esa 8tadan gol mavjud. Temirov barcha gollariga Superliga uchrashuvlarida mualliflik qilgan bo‘lsa, Erkinov uchta musobaqada gol urishga erishgan. Aziz Turg‘unboev 5, Eren Derdiyok 4 va Sharof Muhiddinov 3 to‘p muallifi bo‘lgan.
"Paxtakor"ning 2021 yilgi to‘purarlari
19 – Cheran
8 – Temirov, Erkinov
5 - Turg‘unboev
4 - Derdiyok
3 - Muhiddinov
2 – Matich, Rashidov, Yo‘ldoshev, Azmiddinov
1 - Sayfiev, Xoldorxonov, Xolmatov, Abror Ismoilov, Hamrobekov.
Fikrlar