Drikus dyu Plessi "UFC 305" da Adesanya bilan jang qilishga rozi

  • 13 iyun, 2024, 15:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Drikus dyu Plessi (21-2) unga 18 avgust kuni Pertda (Avstraliya) bo‘lib o‘tadigan "UFC 305" musobaqasida jang o‘tkazishni taklif qilgani va uni qabul qilganini aytdi.

Tecno

Keling, e’lon qilaylik. Kechikishning sababi nima ekanligini bilmayman. Ha dedim. Adesanya nega jangni kechiktirayotganini bilmayman. Balki UFC nimanidir kutayotgandir, lekin ishonchim komil emas.

Agar ular bugun menga qo‘ng‘iroq qilib, "Siz Shon Striklend bilan revansh jangini o‘tkazasiz", deyishsa, men hayajonlangan bo‘lardim. Va agar ular: "Yo‘q, biz kutamiz va Xamzat bilan jang qilasiz", deyishsa, bu ham yaxshi. Men may oyida jangga tayyor bo‘laman dedim. O‘shandan beri men jang qilishga tayyor edim, shunchaki "UFC 300" ga tayyor emas edim? - dedi janubiy afrikalik  jangchi  FightWave nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!