Duglas Kosta ertaga "Yuventus"da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi
Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Duglas Kosta “Yuventus”ga o‘tishga juda yaqin turibdi. Sky Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi ertaga Turinda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Xabarlarga qaraganda futbolchining bir yillik ijarasi “keksa sinora”ga 6 mln evroga tushadi. Biroq, turinliklar keyinchalik futbolchini sotib olish istagini bildirishsa, u holda “Bavariya”ga 40 mln evro to‘lashi kerak.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli Kosta yakunlangan mavsum Bundesliganing jami 23ta bahsida ishtirok etgan va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar