Dunyoning eng keksa futbolchisi jamoasini o‘zgartirdi

  • 12.01.2022 14:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

54 yoshli yaponiyalik hujumchi Kadzuesi Miura “Yokogama” klubidan “Sudzuku Poynt Getters”ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Reuters xabar tarqatmoqda.

Dunyoning eng keksa futbolchisi hisoblangan Miura uchun kelasi mavsum professional faoliyatidagi 37-mavsum bo‘ladi. “Sudzuku Poynt Getters” esa uning uchun 15-klubga aylanadi.

Kadzuesi Miura bungacha “Santos”, “Palmeyras”, “Matsubaru”, KRB, “XV de Jau”, “Koritibu”, “Verdi Kavasaki”, “Jenoa”, “Kroatsiya”, “Kyoto Purple Sangu”, “Vissel Kobe”, “Yokogama” va “Sidney” klublarida o‘ynagan. U Yaponiya terma jamoasi safida 89 ta o‘yin o‘tkazib, 55 ta gol urgan. U 2 karra Yaponiya hamda Xorvatiya chempioni hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!