Dyumfris Angliya grandlaridan biriga o'tishi mumkin
“Inter” himoyachisi Denzel Dyumfris faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirishi mumkin.
Insayder Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, niderlandiyalik futbolchiga “Liverpul” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar yozgi transfer oynasida uni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtiryapti.
Manbaga ko‘ra, Dyumfrisning shartnomasida 25 million yevroga teng tovon puli belgilangan.
29 yoshli lateral 2021 yildan buyon “Inter” sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u “nerazurrilar” safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.

Fikrlar