
Dzanologa ishonch bildirilmayapti
Angliyaning "Nyukasl" klubi Nikolo Dzanolo transferi bo‘yicha "Roma" bilan bog‘landi. Bu haqda Rimning mahalliy nashrlari xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub direktori Tyagu Pintu va bosh murabbiy Joze Mourino klub kelajagi borasida bir qarorga kelishi kerak bo‘ladi. Ular Nikoga ishonch bildirmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, 2022/23 yilgi mavsumda Dzanolo "Roma" safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 23 yoshli italiyalikning amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Fikrlar