Dzyudo bo‘yicha 2 karra Olimpiada chempioni UFCga o‘tdi

  • 24 yanvar, 2024, 14:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Dzyudo bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni Kayla Xarrison "UFC 300" musobaqasida debyut qiladi va u ayollar o‘rtasida o‘ta engil vazn toifasida sobiq chempion Xolli Xolm bilan to‘qnash keladi.

Bu haqida UFC prezidenti Dana Uayt rasman ma’lum qildi. Xarrison shu paytgacha PFL ligasi bilan shartnoma imzolagan edi. Uning so‘nggi jangi o‘tgan yilning noyabrida bo‘lib o‘tgan va unda Xarrison hakamlarning yakdil qarori bilan Aspen Leddni mag‘lub etgandi.

Xolmga kelsak, u o‘tgan yilning iyul oyida Mayra Bueno Silvaga qarshi so‘nggi jangini o‘tkazgan va erta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan edi. Biroq keyinchalik Silva doping-testdan o‘ta olmagani bois jang natijasi muvaffaqiyatsiz yakunlangandi.

IMG_20240124_144808_896

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!