
Dzyudo bo‘yicha Antalya Gran-prisiga qur’a tashlandi
Ertaga Turkiyaning Antalya shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi nufuzli musobaqa start oladi. Tokio olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan mazkur turnirda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etishadi, deya xabar bermoqda MOQ.
Bugun an’anaga muvofiq musobaqadan avval matbuot-anjumani va qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a natijasiga ko‘ra dzyudochilarimizning dastlabki raqiblari bilan tanishing:
-60 kg: Doston Ro‘ziev – Daniel ben Devid (Isroil)
-60 kg: Kemran Nurullaev – Kun-Lin Yex (Xitoy Taipeyi)
-66 kg: Shahram Ahadov – Yoqubjon Boqiev (Tojikiston) / Matey Poliyak (Slovakiya)
-73 kg: G‘iyosjon Boboev – Yan Naku (Moldova)
-90 kg: Shahzod Sobirov – Mikoil O‘zerler (Turkiya) / Gustavo Assis (Braziliya)
-100 kg: Aloviddin Jo‘raqulov – Elmar Gasimov (Ozarbayjon)
+100 kg: Alisher Yusupov – Rustam Kotsoiev (Ozarbayjon)
Fikrlar