Dzyudo bo‘yicha mutlaq vaznda Yaponiya chempionati o‘tkazildi
Kuni kecha dzyudochi bo‘yicha mutlaq vazn toifasida Yaponiya chempionati bo‘lib o‘tdi. Jahonda etakchi sanaluvchi ushbu mamlakat vakillarining ichki chempionati ham ko‘chpilikni qiziqtirishi tabiiy.
Keskin va murosasiz kechgan bahslar yakunida terma jamoaning -100 kilogarmm vazn toifasida kurashadigan polvoni Aaron Volf g‘alaba qozondi. 2017 yilgi jahon chempioni finalda yangi nomlardan biri Xirotoshi Katoni mag‘lub etdi.

Yusei Ogava hamda Yuta Ota bronza medallari bilan taqdirlanishdi. E’tiborlisi, +100 kg vaznda Rio Olimpiadasi finalchisi Xisayoshi Xarasava, Kokoro Kageura, Takeshi Ojitani kabi nomdor polvonlar shohsupaga ko‘tarila olishmadi.
Fikrlar