Dzyudo. Terma jamoamiz Yaponiya yig‘iniga yo‘l oldi

  • 5 aprel, 2023, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Ilias Iliadis boshchiligidagi dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etish uchun Yaponiyaga uchib ketdi. 19 aprel kuniga qadar davom etadigan mazkur yig‘in 7-14 may kunlari Qatar poytaxtida o‘tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlikning asosiy bosqichi hisoblanadi.

Tecno

Mashg‘ulotlar davomida sportchilarimiz mezbon va boshqa davlat vakillari bilan texnik hamda taktik usullar ustida ishlashadi. Jamoa Yaponiya safariga quyidagi tarkibda yo‘l oldi:

Dilshodbek Baratov
Kamoliddin Baxtiyorov
Sardor Nurillaev
Muhriddin Tilovov
Obidxon No‘monov
Murodjon Yo‘ldoshev
Muso Sobirov
Davlat Bobonov
Jahongir Mamatsharipov
Muzaffarbek To‘raboev
Alisher Yusupov
Shohruh Baxtiyorov

Rejaga ko‘ra, yig‘inda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Qizlarimiz 7 aprel sanasida kunchiqar yurtga uchib ketishadi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!