
Dzyudo. Terma jamoamizning Toshkentda o‘tadigan jahon chempionati uchun tarkibi e’lon qilindi
Xabaringiz bor, 6-13 oktyabr kunlari Toshkent shahri tarixda ilk bor dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Ayni shu paytgacha 86 davlat muhtasham "Humo Arena" saroyi mezbonlik qiluvchi dunyo birinchiligida ishtirok etish istagini bildirgan. Ko‘pchilikni mezbon sifatida O‘zbekiston terma jamoasi qanday tarkib bilan ishtirok etishi qiziqtirayotgandi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, terma jamoamiz murabbiylar shtabi jahon chempionati uchun quyidagi sportchilarni tanlab oldi:
Erkaklar:
-60 kg: Dilshodbek Baratov
-66 kg: Sardor Nurillaev
-73 kg: Shahram Ahadov
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboev
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov
+100 kg: Alisher Yusupov
Ayollar:
-48 kg: Xalima Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-52 kg: Sita Kadambaeva
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-63 kg: Sevinch Isoqova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-70 kg: Shohista Nazarova
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva
Aralash terma jamoa (MIX TEAM):
-57 kg: Shukurjon Aminova, Diyora Keldiyorova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova, Shohista Nazarova
+70 kg: Irisxon Qurbonboeva, Mohinur Parmonova
-73 kg: Obidxon Nomonov, Shahram Ahadov
-90 kg: Davlat Bobonov, Sharofiddin Boltaboev
+90 kg: Shohruh Baxtiyorov, Bekmurod Oltiboev
Fikrlar