Dzyudochilarimiz birinchi davradan muvaffaqiyatli o‘tishdi

CHERY AUTO

Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-prisining yakunlovchi kun bahslari davom etmoqda. Ayni paytga kelib, musobaqada birinchi davra bahslari ortda qoldi. 

Tecno

Quvonarlisi, unda tatamiga chiqqan barcha vakillarimiz ishonchli g‘alabaga erishdilar. Davlat Bobonov (-90 kg) 2017 yilgi jahon chempionati sovrindori gruziyalik Ushangi Margianini 1 daqiqayu, 9 soniyada mag‘lub etdi. -100 kilogrammdagi Muhammadkarim Xurramov hindistonlik raqibini 17 soniyadayoq musobaqadan chiqarib yubordi. 

-90 kilogramm vazn toifasida esa ancha tajribali vakilimiz Yahyo Imomov birinchi davrada garchi biroz qiyinchilikka duch kelgan bo‘lsa ham, Serik Salmenovdan golden skorda ustun keldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!