Dzyudochilarimiz "Cadet European Cup 2026" turnirida 12 ta medal qo‘lga kiritdi
Ikki kun davomida Turkiyaning Antaliya shahri kadetlar oʻrtasidagi "Millennium Team Cadet European Cup 2026" turniriga mezbonlik qildi.
Musobaqada toʻliq tarkibda ishtirok etgan Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi yakunda 3 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza, jami 12 ta medal qoʻlga kiritdi.
Oltin medallar:
-40 kg: Iroda Sirojiddinova
-48 kg: Charos Hikmatova
-55 kg: Bobur Yusupov
Kumush medallar:
-55 kg: Shohjahon Usmonov
-66 kg: Akromjon Karimov
-81 kg: Mirzohid Xudoyqulov
+90 kg: Alibek Durdiev
Bronza medallar:
-44 kg: Alina Kolyucheva
-50 kg: Ma’murjon Abduvahobov
-60 kg: Davlatbek Ahrorov
-81 kg: Samandar Sunnatov
-90 kg: Joʻrabek Eshpulatov
Bu haqida Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar