
"Echkilar"da ham koronavirus chiqdi
"Keln" klubida koronavirus bilan bog‘liq 2 ta holat qayd etildi. Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, 22 yoshli Salix Ozjan va 18 yoshli Tim Lemperlening Covid 19 ga topshirgan test sinovlari musbat natija bergan.
Yuqorida nomlari tilga olingan ikkala futbolchi ham darhol karantinga olingan. Bundan tashqari, U16 va U19 jamoalari mashg‘ulotlari ham to‘xtatilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Germaniyada shu kungacha koronavirus bilan bog‘liq 217 mingta holat qayd etilgan. Ulardan 194 mingtasi sog‘aygan bo‘lsa, 9 mingta bemor vafot etgan.
Fikrlar