
EChL. “Astana” o‘z maydonida “Seltik”ni mag‘lub etdi
Hozirgina Qozog‘iston poytaxti Astana shahridagi muxtashsam “Astana-Arena” stadionida EChL saralashining pley-off bosqichi javob bahsi o‘z nihoyasihga etdi.
Unda “Astana” va “Seltik” jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. Gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda mezbonlar shotlandiyalik futbolchilardan 4:3 hisobida ustun kelishdi.
Shotlandiyada o‘tgan ilk bellashuvda “Seltik” 5:0 hisobida g‘alaba qozongani bois, “keltlar” guruh bosqichida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritishdi.
“Astana” esa avtomatik tarzda EL guruh bosqichida o‘ynaydigan bo‘ldi.
EChL saralashi. Pley-off
Astana (Qozog‘iston) – Seltik (Shotlandiya) 4:3 (1:1, 3:2)
Gollar: 1:0 – 26, avtogol Ayer, 1:1 – 33 Sinkleyr, 2:1 – 48 Mujikov, 3:1 – 49 Tvumasi, 4:1 – 69 Tvumasi, 4:2 – 80 Ntcham, 4:3 – 90 Griffits.
Astana – Erich, Postnikov, Shomko, Shitov, Anichich, Mujikov, Klyaynxaysler (Graxovats, 13), Tomasov (Beysebekov, 46; Tagybergen, 81), Maevskiy,Tvumasi, Kabananga.
Seltik – Gordon, Braun, Tirni, Lyustig, Makgregor (Rogich, 57), Ayer, Forrest (Ralston, 57), Ntcham, Sinkleyr (Armstrong, 65), Biton, Griffits.
Ogohlantirishlar: Postnikov (70), Shomko (82), Graxovats (90).
Fikrlar