YECHL. “Atletiko Madrid” — “Arsenal” jamoalari oʻrtasidagi ilk oʻyinda durang qayd etildi
UEFA Chempionlar ligasining yarim finalidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Atletiko Madrid” o‘z maydonida “Arsenal”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Dastlab, 44-daqiqada Viktor Dyo’keresh penaltiidan gol urib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limni mezbonlar faol boshladi va 56-daqiqada jamoa foydasiga penalti belgilandi. Xulian Alvares esa 11 metrlik nuqtadan aniq zarba berib, hisobni tenglashtirdi. Qolgan vaqt davomida boshqa gol kiritilmadi.
Ma’lumot uchun, javob bahsi 6 may kuni Angliyada o‘tkaziladi.
- Europe - UEFA Chempionlar ligasi
- Yarim finallar
Atlético de Madrid
- Julián Alvarez 56'
Tugadi
1
:
1
30.04.2026 00:00
Arsenal
- Viktor Gyökeres 44'

Fikrlar