EChL. Bugun chorak final uchrashuvlariga start beriladi!

  • 6 aprel, 2021, 02:26
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol olami muxlislari katta qiziqish bilan tomosha qiladigan Evropa Chempionlar Ligasi uchrashuvlari qaytmoqda! Bugun chorak final bosqichiga start beriladi.

Tecno

Kun tartibidan ikkita super o‘yin o‘rin olgan. Ulardan biri Madridda bo‘lib o‘tadi. "Alfredo Di Stefano" stadionida "Real" Angliyaning "Liverpul" klubini qabul qiladi. Tomonlarning oxirgi 5 to‘qnashuvida kichik ustunlik "qaymoqranglilar" tomonda: 3:2.

Shuningdek, Manchester shahri ham katta futbol oqshomiga guvoh bo‘ladi. Unda "Siti" Germaniyadan tashrif buyurgan "Borussiya" Dortmundni sinovdan o‘tkazadi. Jamoalarning so‘nggi 5 o‘yinida "asalarilar" ustunlikka ega. Nemis klubida 3 uchrashuvni o‘z foydasiga hal etgan va bir bor imkoniyatni boy bergan. Yana bir bahsda "shaharliklar"ning qo‘li baland kelgan. 

Har ikki bellashuv ham Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi. Ushbu bahslar oldidan barcha yangiliklarni saytimiz orqali kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
LiViRpUl+ GeNeO
06/04/2021 09:20
3 yil oldingi alamimiz olamiz olg'a Livurpul