
EChL. Bugungi o‘yinlar oldidan qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishing
Birozdan so‘ng Evropa chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Manchester Siti" va "Liverpul" - "Benfika" o‘yinlari start oladi. Mazkur bahslar oldidan ushbu uchrashuvlarga oid qiziq ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Liverpul" vakili Jeyms Milner Devid Bekxemdan so‘ng EChL pley-off bahslarida debyut qilgan eng yoshi katta ingliz futbolchisi bo‘ladi. U ayni paytda 36 yoshda.
2. "Atletiko"ga qarshi uchrashuv "Manchester Siti"ning chempionlar ligasi doirasida o‘tkazayotgan 100-o‘yini bo‘ladi. Shu paytga qadar bo‘lib o‘tgan 99 bellashuvda "shaharliklar" 55 g‘alaba qayd etgan.
3. "Atletiko" shu paytga qadar faqat ikki marta ilk uchrashuvda yutqazib, javob bahsida g‘alabani naqd qilgan. 2015/16 yilgi mavsum "matraschilar" "Barselona"ni umumiy 3:2 hisobida er tishlatgan bo‘lsa, 2014/15 yilgi mavsumda "Bayer" klubi penaltilar seriyasida taslim etilgan.
4. "Manchester Siti" joriy mavsum EChLda to‘p nazorati va uzatmalarning aniqligi borasida yaqqol peshqadamlik qilmoqda.
5. Bugun "Liverpul" futbolchisi Muhammad Saloh "Benfika" darvozasiga gol ursa, chempionlar ligasidagi gollari soni bo‘yicha Neymar bilan tenglashib oladi. Ayni payt Saloh hisobida 40 gol mavjud. Neymar esa 41 marotaba raqib darvozasiga to‘p kiritgan.
Fikrlar