EChL. Haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi uchun nomzodlar e’lon qilindi

  • 06.11.2025 15:32
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasining 4-turi yakuniga ko‘ra haftaning eng yaxshi futbolchisi sovriniga da’vogarlarni e’lon qildi.

Nomzodlar ro‘yxatidan “Bryugge” yarim himoyachisi Karlush Forbs, “Manchester Siti” futbolchisi Fil Foden, “Galatasaroy” hujumchisi Viktor Osimxen va “Arsenal” yarim himoyachisi Mikel Merino o‘rin oldi.

Karlush Forbs “Barselona”ga (3:3) qarshi bahsda dubl qayd etib, bitta golli uzatma berdi. Fil Foden “Borussiya Dortmund” darvozasiga ikkita gol urdi (4:1). Mikel Merino ham “Slaviya” bilan o‘yinda (3:0) 2 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Viktor Osimxen esa “Ayaks”ga qarshi uchrashuvda (3:0) xet-trik amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, 4-turdan so‘ng turnir jadvalida “Bavariya”, “Arsenal” va “Inter” 12 ochkodan jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!