EChL. "Inter" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

  • 23 fevral, 2023, 03:02
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Chempionlar ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan "Inter" - "Portu" to‘qnashuvining dastlabki o‘yinida milanliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. 78-daqiqada Otavio ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi va jamoasini qiyin ahvolga solib qo‘ydi. 86-daqiqada zahiradan maydonga tushgan Lukaku gol urib, klubini g‘alaba bilan ta’minladi.

Shu tariqa, javob o‘yini oldidan "Inter" kichik ustinlikka ega bo‘lib oldi. Keyingi bahs 15 mart kuni "Portu" maydonida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!