
EChL. "Milan" "Atletiko"ni engib, ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi, "Borussiya" Dortmund esa kutilmaganda mag‘lub bo‘ldi
Evropa Chempionlar Ligasi 5-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar yakuniga etdi.
O‘z maydonida "Milan"ni qabul qilgan "Atletiko" 0:1 hisobida Italiya klubiga imkoniyatni boy berdi. Bahs taqdirini Messiasning so‘nggi daqiqalar arafasida urgan yagona goli hal qildi.
Portugaliyaga safar qilgan "Borussiya" Dortmund kutilmaganda 3:1 hisobida "Sporting" klubiga imkoniyatni boy berdi.
Portugallar safida Gonsalvesh dubl qayd etdi. Shuningdek, Porro ham raqib darvozasini ishg‘ol etdi. "Asalarilar"dan bu gollarga Malen bir bora javob berdi.
Fikrlar