EChL. "Real" - "Bavariya" o‘yinining eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ldi?

EChL yarim finali ham o‘z nihoyasiga etdi. Dastlabki o‘yinda tomonlar durangga imzo chekkan bo‘lsa, javob bahsida "Real" kambek evaziga g‘alaba qozondi. O‘yin qahramoni esa Xoselu. U zaxiradan maydonga tushib, ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi, lekin uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrini Vinisiusga topshirildi. 

Braziliyalik vinger o‘yin davomida 2 ta xavfli vaziyat yaratdi, Noyer darvozasi tomon 3 ta zarba berib, 7 ta dribling ishlatdi. Shuni ham ta’kidlash kerak, aynan uning zarbasidan keyin germaniyalik posbon qo‘lidan to‘pni chiqarib yubordi va Xoselu imkoniyatlarni tenglashtiruvchi golni urdi.

Junior birinchi bahsda ham MOTMni qo‘lga kiritgandi. Futbolchi uchun Chempionlar ligasi pley-off o‘yinlari ajoyib o‘tmoqda. Uning hisobida hozircha 5 ta gol mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!