
EChL. Rossiya klubi irodasizlik qildi
Evropa Chempionlar ligasining 4-turida "Krasnodar" o‘z maydonida "Sevilya" klubini qabul qildi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida Ivan Rakitich ispanlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 56-daqiqada Vanderson muvozanatni tikladi. Bahs yakunlanishiga 1 daqiqa qolganida Munir El-Xaddadi qahramonlik ko‘rsatib, ruslar darvozasini ishg‘ol etdi va shu tariqa, "Sevilya" safardan 3 ochko bilan qaytdi.
"Krasnodar" Evropa ligasi uchun "Chelsi"ga imkoniyatni boy bergan "Renn" klubi bilan kurashadi. "Sevilya" esa Londonliklar bilan birga muddatidan oldin pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar