EChLda eng tezkorlar nomi ma’lum qilindi

  • 22.09.2024 10:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UEFA matbuot xizmati o‘tgan mavsum Chempionlar ligasining eng tezkor o‘yinchilari nomini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan mavsum eng katta tezlikka “Borussiya” vingeri Karim Adeyemi “Real Madrid”ga qarshi kechgan final bahsida 37.8 km/soatgacha tezlashgan. Chopqirlik borasida ikkinchi PSJ qanot himoyachisi Nuno Mendesh bo‘ldi. Portugaliyalik fulbek 37.2 km/soat tezlikka erishdi. Top-3likni Kilian Mbappe yopib berdi. Frantsiyalik hujumchi 36.1 km/soatgacha tezlasha oldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Chempionlar ligasi finalida “Borussiya” “Real”ga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!