
EChLda hafta futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ma’lum
UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finali dastlabki o‘yinlarning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi.
"Arsenal" yarim himoyachisi Martin Edegor PSVga qarshi bellashuvda (7:1) 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
"Real" vingeri Rodrigo "Atletiko"ga qarshi uchrashuvda (2:1) gol urdi.
"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn "Bayer"ga qarshi o‘yinda (3:0) dubl muallifiga aylandi.
"Liverpul" darvozaboni Alisson PSJga qarshi bahsda (1:0) o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Parijliklar darvoza tomon jami 9 ta aniq zarba berishgandi.
Martin Edegor - "Arsenal"
Rodrigo - "Real"
Xarri Keyn - "Bavariya"
Alisson - "Liverpul"
Fikrlar