
EChLda "kambeklar yili" yoxud "Tottenxem" 90+6 daqiqada "Ayaks"ni engdi
Bugun EChLning ikkinchi yarim final javob bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "Ayaks" o‘z maydonida "Tottenxem"ni qabul qildi.
Londonda kechgan dastlabki bahsni minimal ustunlik bilan o‘z foydasiga hal etgan amsterdamliklar javob bahsini ham ko‘tarinki ruhda boshlab olishdi. o‘yinning 5 va 36 daqiqalarida De Ligt va Ziyechlar tomonidan kiritilgan gollar evaziga hisobda oldinga chiqib olgan mezbonlarning quvonchi 55' daqiqaga qadar davom etdi.
Tanaffusdan so‘ng, aniqrog‘i 55, 59 hamda 96 daqiqalarda Mouro tomonidan kiritilgan gollar "Tottenxem"ga o‘z tarixidagi ilk finalni taqdim etdi.
Fikrlar