ECHLda keyingi bosqich masalasini hal qilgan 11 jamoa nomi ma'lum

  • 21.01.2026 13:53
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yevropa Chempionlar ligasining 1/16 final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan 11 jamoa nomi aniq.

Yevropa Chempionlar ligasining guruh bosqichi 7-turining birinchi kungi uchrashuvlari yakunlandi. Asosiy voqea "Arsenal"ning kamida 2-oʻrinni naqd qilgani boʻldi. Bu oʻz-oʻzidan 1/8 finalga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish va qurʻa tashlashda eng yaxshi natijani kafolatlaydi. Nafaqat nimchorak final, balki pley-off bahslari haqida gapiradigan boʻlsak, Yevropaning asosiy klublar musobaqasida 11 jamoa keyingi bosqich masalasini hal qildi. Top-24likdan 12 ochko toʻplagan jamoalar endi pastga tushib ketmasligi aniq boʻlib ulgirdi. Bu jamoalar "Arsenal", "Real Madrid", "Bavariya", "Tottenxem", PSJ, "Sporting", "Manchester Siti", "Atalanta", "Inter", "Atletiko" hamda "Liverpul".

Eslatib oʻtamiz, bugun 7-tur bahslari davom ettiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!