
EChLning so‘nggi ikki g‘oliblari jangi yoxud final oldi final!
Bugun, 9 iyul kuni PSJ va "Real" klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim finalida uchrashadi.
Qiziqarli va kutilmagan vaziyatlarga boy bo‘lishi kutilayotgan ushbu uchrashuvda ko‘pchilik PSJning ustunligini ta’kidlamoqda . Ammo "qirollik klubi" ham frantsuzlarga qarshi yaxshigina tayyorgarlik ko‘rgani aniq.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki, final yo‘llanmasi uchun Chempionlar Ligasining so‘nggi 2 g‘olibi kurash olib boradi. Jamoalar tarixda 8 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. PSJ 2 ta o‘yinda g‘alaba qozongan, madridliklar esa 4 ta o‘yinni o‘z foydalariga hal qilgan. Yana ikki bahsda esa g‘olib nomi aniqlanmagan.
PSJ so‘nggi 10 o‘yinning 9 tasida g‘alaba qozongan. "Real" Habi Alonso boshchiligida hali mag‘lubiyatga uchramadi - 4 g‘alaba, 1 durang.
Parijliklar safidagi Pacho, Lukas Ernandes va Mukiele, ispanlardan esa Hyoysen, Endrik, Alaba, Ferlan Mendi hamda Kamavinga turli sabablarga ko‘ra ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Xo‘sh, siz nima deb o‘ylaysiz, bugungi baxs-munozaraga boy o‘yinda kim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi? Ikki poytaxt klubining qaysi biri ustunlikni o‘z qo‘liga oladi, qaysi poytaxt klubi Jahon chempionatining finalini uyidan turib tomosha qiladi? Bu kabi savollarga bugun tunda javob olamiz...
Fikrlar