
Eden Azarning "Chelsi" muxlislariga xayrlashuv murojaati
“Chelsi”dagi do‘stlarim va oilamga,
Bilasiz, men “Real Madrid” jamoasi tarkibiga borib qo‘shilaman. Sir emaski, bu bolaligimda ilk golimni ura boshlagan davrlarimdan buyon bu mening orzuim edi. Ayniqsa, turli xayollar va OAV e’tiborida o‘tgan so‘nggi 6 oy ichida men o‘z yo‘limdan chalg‘imay jamoa uchun borimni berishga intildim.
Endi jamoalar o‘zaro kelishuvga erishishdi. Umid qilamanki, sizlar hayotimda yangi sahifaga qo‘l urganimni to‘g‘ri tushunasiz. Barchangiz va har biringiz orzularingiz ro‘yobida shunday qarorga kelasiz. “Chelsi”ni tark etish hayotimdagi eng muhim va eng og‘ir qaror bo‘ldi. Hozir men uchun doim tushunarli bo‘lgan bir narsani ochiq tan olaman, men “Chelsi”da o‘tgan har lahzamdan zavq olardim. Hech qachon jamoani tark etish to‘g‘risida hatto o‘ylab ham ko‘rmaganman.
Men klubga kelganimda 21 yoshda edim. Shu o‘tgan vaqt ichida sizlar bilan ham inson ham o‘yinchi sifatida o‘sdim. Sizlar menga Belgiya terma jamoasi sardori bo‘lishimga ko‘maklashdingiz. Albatta jamoa uchun ham, men uchun ham qiyin paytlar bo‘ldi, bu — proffessional futbol. Ammo futbol men uchun oyog‘imga koptokning tegib turishi, o‘yinlarda maydonga tushish va har lahzadan rohatlanishdir. Biz chiroyli o‘yin bilan muvaffaqiyat qozonamiz va bu doimo mendan maslahat so‘raganlarga aytar gapim bo‘lib kelgan. Futbol o‘yna va undan zavqlan!
Biz u qadar yaxshi o‘yin namoyish etmagan vaqtlarimizda ham men maydonda borimni berishga intilganman va bunda sizlarning qo‘llab-quvvatlashingizning o‘rin beqiyos. Bu jangovar ruh, ishtiyoq va engilmaslik “Chelsi”ning alohida xususiyatlaridan biri va bu ham sizlar orqali amalga oshadi.
Men “Chelsi” libosida o‘tkazgan ajoyib damlarni yodga olganimda olganimda, mag‘lubiyatlarimizdan ko‘ra, g‘alabalarimiz ko‘proq yodga kelaveradi. Meni yaqindan bilganlar tushunadiki, men bu erda erishganlarimni sanamoqchi emasman. Shunchaki, hammasi aytmoqchi bo‘lganim, ham jamoaviy, ham shaxsiy sovrinlarimning barchasi ajoyib edi. Bir kuni pivo qarshisida o‘tirib, ortga nazar tashlaganimda g‘urur bilan jilmayib, “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yindagi muvaffaqiyatsiz penalti va bizni chempionlikka bosh bilan urgan gollarim yoki “Tottenhem”, “Arsenal” va “Liverpul”ga qarshi bahslardagi muvaffaqiyatli zarbalarim haqida gaplasha olaman.
Bu xotiralar sizlar maydonda yaratgan atmosfera tufayli shu qadar yorqin. Umid qilamanki, sizlar ham men kabi o‘sha damlarni shunday g‘urur bilan yodga olasiz. AQShdagi tur bo‘ladimi yoki “Sanderlend”dagi payshanba kechasimi, seshanba kuni Rossiyadagi yoki, albatta “Brij”dagi har o‘yinda doim meni qo‘llab-quvvatlab turdingiz va futbol o‘ynashim uchun va o‘zimga o‘xshashim uchun ilhomlartirdingiz. Men o‘z-o‘zimdan zavqlanganim kabi umid qilamanki, sizlar ham zavqqa to‘ldingiz. Men faqat o‘z g‘ururimdan sovrinni himoya qilmay turib jamoani tark etayotganimdan afsusdaman!
Bizda ajoyib futbolchilar bor va men eng masrur damlarimni jamoaning bir qismi sifatida o‘tkazdim. Biz bir oila bo‘lib Angliya kubogi, Liga kubogi, Evropa ligasi va APLda g‘oliblikni qo‘lga kiritdik. Ularning har biri o‘z yo‘lida va albatta bir necha hafta muqaddam Bokuda o‘tgan o‘yin Jahon chempionatida keyin o‘tgan og‘ir mavsum uchun muvaffaqiyatli yakun bo‘ldi.
“Chelsi”, xususan, jamoa muxlislari doimo men uchun benazir bo‘lib qoladi va keyingi mavsumda ajoyib natijalar qayd etishingizga umid qilaman.
Jamoani tark etishimdan avval yana bir bor o‘tgan har lahzada bizni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman. Barcha sobiq jamoadoshlarimga “xayr” deb qolamiz va shu lahzada jamoa xo‘jayini janob Abramovichga ham o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Uning jamoasi menga bir emas ikki orzuimni amalga oshirishda ko‘makdosh bo‘ldi: birinchisi “Chelsi” futbolchisiga aylanish bo‘lsa, ikkinchi “Real” vakili bo‘lish.
Barchangizga eng yaxshi tilaklarimni bildirib qolaman, do‘stlarim.
Eden.
Ingliz tilidan Bahodir HASANOV tarjimasi
Fikrlar