
Ederson "Kopa Amerika-2024"ni o‘tkazib yuboradi
"Manchester Siti" va Braziliya terma jamoasi darvozaboni Ederson Moraes yozda bo‘lib o‘tadigan Amerika kubogida ishtirok eta olmaydi.
Braziliya futbol konfederatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 30 yoshli posbon jarohati sababli turnirga bormaydi. Ederson yaqinda Londonning "Tottenxem"iga qarshi o‘yinda (0:2) jarohat olgandi.
Angliya chempionatining joriy mavsumida Moraes 33 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 29 ta gol o‘tkazib yuborgan va 13 bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Amerika kubogi 20 iyundan 14 iyulga qadar AQShda bo‘lib o‘tadi. Turnirning amaldagi g‘olibi Argentina hisoblanadi.
Fikrlar