
Ekitike: "Asosiysi – g‘alaba va jamoaning ruhiyati"
"Liverpul" hujumchisi Yugo Ekitike "Bornmut"ga qarshi 4:2 hisobidagi uchrashuvda gol urdi va o‘yin haqida fikr bildirdi.
"Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Men yanada yaxshiroq o‘ynashim mumkin edi. Lekin eng muhimi – g‘alaba va jamoaning kayfiyati. Biz bugun Diogu uchun g‘alaba qozonishni istadik va bunga erishdik. Shuning uchun barcha uchun xursandman.
Menda hali qilishim kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Jamoaga qo‘limdan kelganicha yordam berdim va yana ko‘proq narsani amalga oshirishim mumkin. O‘ylaymanki, men yanada yaxshiroq bo‘laman va bu jamoa uchun ko‘proq ish qilaman. Bolaligimda ikki kumirim bor edi — Neymar va Karim Benzema. Benzemani futbol uchun qilgan ishlari sabab yaxshi ko‘raman", —deya ta’rif berib o‘tdi jamoaning yangi hujumchisi.
Eslatib o‘tamiz, Arne Slot boshchiligidagi klub navbatdagi uchrashuvini 25 avgust kuni "Nyukasl Yunayted"ga qarshi o‘tkazadi. Mazkur to‘qnashuv esa soat 00:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar