Ekitike: "Slot nafaqat zo‘r murabbiy, balki yaxshi inson ham"

  • 25 iyul, 21:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" safida faoliyatini boshlagan Yugo Ekitike jamoaning bosh murabbiyi Arne Slot haqida ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Biz u bilan ilk suhbatimizdayoq juda yaxshi til topishdik. Slot juda insonparvar shaxs, shu bois faqat futbol emas, balki turli mavzularda ham erkin gaplasha oldik. U menga juda qiziq tuyuldi. U bilan uchrashganimdan juda xursand bo‘ldim, chunki uni yaxshi inson deb bilaman. Uning qo‘l ostida rivojlanishimga ishonaman. Slot mening bu erga kelishimga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi" – dedi Ekitike klub matbuot xizmatiga.

Ma’lumot uchun, mersesaydliklar APLning o‘tgan mavsum chempioni sanaladi. Shuningdek, Slot shogirdlari 10 avgust kuni Superkubok bahsida "Kristal Pelas"ga qarshi maydonga chiqadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!