Ekitike “top-5”da: Eng qimmat sotilgan frantsiyalik futbolchi kim?

  • 24 iyul, 17:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” o‘z safiga frantsiyalik hujumchi Ugo Ekitikeni qo‘shib olish uchun “Ayntraxt”ga umumiy hisobda 95 million evro to‘ladi.

Tecno

RMC Sport nashrining yozishicha, shu tariqa, Ekitike eng qimmatbaho transferga ega frantsiyalik futbolchilar reytingida kuchli beshlikka kirdi.

Umumiy reytingda  Kilian Mbappe peshqadamlik qilmoqda. 2018 yili PSJ iste’dodli hujumchini transfer qilish uchun “Monako”ga 180 million evro to‘lagan edi.

Eng qimmat transferga ega frantsiyalik futbolchilar reytingi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Kilian Mbappe — € 180 mln (“Monako” — PSJ, 2018 yil);

Usmon Dembele — € 135 mln (“Borussiya” Dortmund — “Barselona”, 2017 yil);

Antuan Grizmann — € 120 mln (“Atletiko” Madrid — “Barselona”, 2019 yil);

Pol Pogba — € 105 mln (“Yuventus” — “Manchester Yunayted”, 2016 yil);

Ugo Ekitike — € 95 mln (“Ayntraxt” — “Liverpul”, 2025 yil).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!