EKL. Shomurodov unutilmoqda, Abraxam esa "Vitess"ga qarshi o‘yin qahramoni

  • 18 mart, 2022, 03:02
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Konferentsiyalar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Roma" - "Vitess" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda 1:1 hisobi qayd etildi. 

Dastlab, Vittek 62-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yinning asosiy vaqti tugagan bir paytda Abraxam muvozanatni tikladi. 

Ilk o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan "bo‘rilar" ikki bahs natijasiga ko‘ra, 2:1 hisobida raqibni taslim etib, turnirning chorak finaliga yo‘l oldi. 

Qayd etish lozim, hamyurtimiz Eldor Shomurodov ushbu bahsda Mourino tomonidan maydonga tushirilmadi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!